Maktab nizomi

I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom «Ta’lim to`g`risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat umum-
ta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (keyingi o`rinlarda «ixtisoslashtirilgan sinf» deb ataladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlar (keyingi o`rinlarda «ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi» deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o`z ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ta’lim jarayonini umumiy o`rta ta’lim davlat standartlariga va ayrim fanlarni chuqur o`rganish bo`yicha qo`shimcha ta’lim dasturlariga muvofiq amalga oshiradi.
II. Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan
umumta’lim muassasasini tashkil etish tartibi
4. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi muassis tomonidan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tadi.
5. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (respublika muassasalari uchun), Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining muassislari bo`lishi mumkin.
6. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, o`z ustaviga, bankda hisob raqamlariga, O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi ko`rsatilgan muhrga, o`z nomi yozilgan shtamplar, blankalarga ega bo`ladi.
7. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
8. Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar ta’limning 5-sinfidan boshlab sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq o`qish va yashash uchun
zarur shart-sharoitlar takdim etilgan holda o`quvchilarning barcha jalb etilgan kontingentini iqtidor va iste’dodni rivojlantirishga yunaltirilgan kompleks ta’lim-tarbiya jarayoni
bilan qamrab olish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar:
— o`quv yili tamom bo`lgandan keyin 4-sinf o`quvchilarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan tegishli fanlar
bo`yicha test sinovidan o`tkazish;
— 4-sinf o`quvchilarining qobiliyati va mayllarini aniqlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi, Sog`liqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o`tkaziladigan psixologik – pedagogik diagnostika natijalari ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish mezoni hisoblanadi.
Test sinovi materiallari va metodikasi Davlat.test markazi tomonidan, psixologik-pedagogik diagnostika materiallari va metodikasi — boshlang`ich va umumiy o`rta ta’lim sohasidagi etakchi mutaxassislar jalb etilgan holda, Sog`liqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
9. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi tashkil etish to`g`risidagi taklif umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tegishli tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo`limiga kiritiladi.
10. Tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo`limi tuman (shahar) hokimi bilan kelishgan holda har bir muassasa va alohida fanlar bo`yicha ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etish to`g`risidagi taklifni tegishli ravishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga kiritadi.
11. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi:
— ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari tashkil etish uchun tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo`limlari tomonidan taklif etilgan ta’lim muassasalarining o`quv va moddiy texnika bazasini, pedagog kadrlar faoliyatini va boshqa ko`rsatkichlarni joyiga borib kompleks o`rganadilar;
— maktabning o`quv va moddiy-texnika bazasi normativ talablariga muvofiq bo`lgan, tayyorlash darajasining yuqori ko`rsatkichlari va pedagog kadrlar faoliyati natijalari, shuningdek, viloyat (Qoraqalpog`iston Respublikasi yoki Toshkent shahri) maktablari orasida maktabning yuqori reytingi mavjud bo`lgan taqdirda ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq, test sinovlari va diagnostikani o`tkazish uchun buyurtmanomani O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligiga beradilar.12. Kompleks o`rganish, test sinovi va diagnostikaning natijalari yuqori bo`lgan takdirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarini tashkil etish to`g`risida takliflar kiritadi.
13. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslapggirilgan umumta’lim muassasalarini tashkil etish bo`yicha kiritilgan takliflarni o`rganib, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari tashkil etish bo`yicha xulosani Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
Takliflarni o`rganib chiqishda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi aniq, tabiiy, gumanitar fanlar, xorijiy tillar va san’at bo`yicha ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarning respublika mintaqalari bo`yicha teng joylashtirilishi va miqdoriy balansi printsipiga amal qiladi.
14. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi va umumta’lim maktablarida ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etish to`g`risidagi qaror Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, respublika bo`ysunipshdagi ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi uchun esa O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriligi tomonidan qabul qilinadi.
15. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi tashkil etish to`g`risidagi qaror asosida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ko`radilar.
16. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, o`quv-tarbiya jarayoni sifatini o`rganish va baholash O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
17. O`quv-tarbiya jarayoni sifati bo`yicha muayyan natijalarga erishmagan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining takdimnomasi bo`yicha umumiy tipdagi umumta’lim maktablariga (sinflarga) qayta ixtisoslashtiriladi.
III. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining asosiy vazifalari
va funktsiyalari
18. Quyidagilar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
— umumiy o`rta ta’limning chuqurlashtirilgan fanlari bo`yicha o`quvchilarning davlat ta’lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta’lim taiyorgarligini ta’minlash;
— o`quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
— har bir o`quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
— professional dastur ta’limlarini ongli tanlash va keyinchalik o`zlashtirish uchun asos yaratish.
19. YUklangan vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
— viloyat aholisining bolalarni ixtisoslashtirilgan chuqur o`qitishga bo`lgan ehtiyojini ta’minlash;
— o`quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda umumiy va ixtisoslashtirilgan shaxsga yo`naltirilgan o`qitishning ta’lim dasturlarini amalga oshirish;
— o`quvchilarning iqtidori va kamol topishi dinamikasining psixologik-pedagogik diagnostikasini amalga oshirish;
— ta’limning uzviyligi va uzluksizligi asosida intensiv intellektual rivojlantirishni, chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilgan o`qitishni ta’minlash;
— asosiy va qo`shimcha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ular integratsiyasini amalga oshirish, loyihadagi o`qitishga o`tgan holda ta’lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish;
— ta’lim jarayoniga innovatsiya, pedagogika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
— o`quvchilarning ma’lumoti darajasi oshishiga, samarali tayyorlanishiga, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
— o`quvchilarning respublika va xalqaro seminarlar, konferentsiyalar, festivallar va boshqa intellektual-ijodiy tadbirlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
— iqtidor va iste’dodni aniqlash hamda kamol toptirish bo`yich’a o`quvchilarni fanlar olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash;
— o`quvchilarning ilmiy guruhlarini tashkil etish va faoliyatini yo`lga qo`yish.
IV. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining
o`quv – tarbiya jarayonini tashkil etish
20. O`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, o`qitishning qancha davom etishi va muddatlari o`quv rejalari, dasturlar, kalendarь, o`quv jadvali, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tegishli normativ hujjatlari va umumta’lim muassasasining ustavi bilan tartibga solinadi.
21. Ta’lim jarayoni ixtisoslashtirilgan maktabda 5—9-sinflarning maxsus o`quv rejalari va dasturlari bo`yicha tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o`quv-tarbiya jarayoni 5—9-sinflar doirasida maxsus o`quv rejalari va dasturlar bo`yicha tashkil etiladi.
22. 5-9-sinflarda o`quv-tarbiya jarayoni ixtisoslashtirilgan fanlarning asosiy kursining chuqurlashtirilgan mazmuni o`rganilishini va ularning amaliy yo`naltirilganligi kuchaytirilishini, shuningdek, o`quvchilar shaxsi, ularning mayllari, manfaatlari va ijtimoiy jihatdan o`zlarini belgilashga qobiliyatlari qaror topishi va shakllanishining shart-sharoitlarini ta’minlaydi. Bunda o`quvchilarning individual xususiyatlari va iste’dodi namoyon bo`lishi va rivojlanishi dinamikasi o`rganiladi.
23. Ta’limning mazmuni mayllar va shakllangan manfaatlar hisobga olingan holda kasb-hunar ta’limi dasturlarini, bilimlarning alohida sohalarini ongli ravishda tanlash va o`zlashtirishga tayyor bo`lgan har tomonlama intellektli, tadqiqot mehnati ko`nikmalariga ega bo`lgan shaxsni shakllantirishga yo`naltiriladi.
24. Ta’lim jarayoni shaxsga yo`naltirilgan yo`nalishga ega bo`ladi, o`quv-tarbiya jarayonining har xil turlariga an’anaviy va noan’anaviy yondashish birga qo`shib olib boriladigan
o`qitish va tarbiyalashning ixcham shakllarining keng doirasiga ega bo`ladi.
25. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi sinflari soni ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan sanitariya normalari va qoidalariga qarab belgilanadi.
26. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o`quvchilar soni 30 kishidan ortiq bo`lmasligi kerak.
27. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlarni bajarish. shuningdek, ixtisoslashtirilgan fanlar bo`yicha o`quvchilarni ikki guruhga bo`lishga yo`l qo`yiladi.
28. Keyingi sinflarga o`tkazish va o`qitish bosqichlari O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan muddatlar va tartibda o`quvchilar bilimlarining yakuniy attestatsiyasi natijalari bo`yicha amalga oshiriladi.
29. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilariga umumiy o`rta ma’lumot tug`risidagi shahodatnoma beriladi.
30. Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar shaharda kamida 250 o`quvchi kontingenti va qishloq tumanlarida kamida 150 o`quvchi kontingenti bilan tashkil ztiladi.
31. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarini joylashtirish O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
V. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim
muassasasining huquqlari va javobgarligi
32. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quiidagi huquqlarga ega:
— fanlarni chuqur o`rganish bo`yicha mualliflik o`quv dasturlarini O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda
mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
— O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bazaviy o`quv rejasi asosida maxsus o`quv rejasini ishlab chiqish va uni O`zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
— yillik kalendarь, o`quv jadvali va mashg`ulotlar jadvalini ishlab chiqish;
— ta’lim va tarbiyaning qonun hujjatlariga zid bo`lmagan turli shakllari, vositalari va usullarini qo`llash;
— o`z ustav faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy mablag`lar va moddiy resurslarning qo`shimcha manbalarini jalb ztish;
— ta’lim olayotganlarni oraliq attestatsiyadan o`tkazish shakllari, tartibi va davriyligini mustaqil tanlash.
33. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi belgilangan tartibda:
— o`ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi;
— ta’lim sifati hamda o`quv rejasi va o`quv jarayoni jadvaliga muvofiq ta’lim dasturlari to`liq hajmda amalga oshirilishi;
— ta’lim jarayonini tashkil etishning qo`llanilayotgan shakllari, usullari va vositalarining o`quvchilarning yosh bilan bog`liq psixofiziologik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlari,
qiziqishlariga, ularning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
— o`quvchilarning moslashishi va o`zlashtirishi;
— o`quvchilar va xodimlarning huquqlariga rioya qilinipgi uchun javob beradi.
VI. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi
faoliyatini tashkil etish
34. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor bevosita rahbarlik qiladi.
35. Direktorga nisbatan quyidagi asosiy malaka talablari qo`yiladi:

— ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ta’lim sohasida kamida 5 yil pedagoglik va 10 yil umumiy ish staji mavjudligi;
— ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslapggirilgan maktab-internatlar uchun ta’lim sohasida kamida 10 yil pedagogik staj va rahbarlik lavozimida 5 yil ish staji mavjudligi;
— davlat tilini bilishi;
— tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egalik, bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog`liq psixologiyasini bilishi;
— kompьyuter texnologiyalarini va o`quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlik;
— umumta’lim dasturlari va o`quv qo`llanmalari yaratishda metodik ishlanmalar va tajriba mavjudligi.
36. Direktor ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi nomidan ish ko`radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi.
37. Direktor:
— ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar bo`yicha qarorlar qabul qiladi hamda unga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
— o`z o`rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o`rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
— o`z vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo`lgan buyruqlar chiqaradi va ko`rsatmalar beradi;
— xalq ta’limining tegishli organlari ko`rib chiqishi uchun moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o`quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari bo`yicha takliflar kiritadi;
— pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
— qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

38. Ixtisoslapggirilgan umumta’lim muassasalari direktorlari attestatsiyasi belgilangan tartibda o`tkaziladi.
39. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida pedagogika, metodika va vasiylik kengashlari tuziladi va faoliyat ko`rsatadi. Ularning faoliyati, tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
41. O`quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalarning o`rnini bosuvchi shaxslar, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o`quvchilari bepul umumiy o`rta ma’lumot olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, turli tadbirlarda (konferentsiyalar, olimpiadalar, ko`rgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga egadirlar.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o`quvchilari ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining ustaviga va ichki tartib-qoidalariga, shuningdek, sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilishi shart.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o`quvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi.
42. O`quvchilarni individual psixologik-pedagogik jihatdan qo`llab – quvvatlash ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining psixologiya, pedagogika xizmati mutaxassislari tomonidan ta’minlanadi.
43. O`quv-tarbiya jarayoniga boshqa ta’lim muassasalarining o`qituvchilari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb ztilishi mumkin hamda ushbu muassasaning barcha huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari ularga joriy etiladi.
44. Pedagog kadrlarni ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga ishga qabul qilish oliy yoki birinchi malaka toifasi mavjud bo`lgan taqdirda oliy pedagogik ma’lumotli shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovni o`tkazish tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ixtisoslapggirilgan umumta’lim muassasalari pedagog kadrlarining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi ustaviga muvofiq belgilanadi.
45. Pedagog xodimlarga o`quv yuklamasi hajmi (pedagogik ish hajmi) o`quv rejasi bo`yicha soatlar sonidan, shuningdek, kadrlar bilan ta’minlanganlik bo`yicha belgilanadi.
46. O`quv yili boshida belgilangan o`quv yuklamasi hajmi o`quv yili mobaynida o`zgartirilishi mumkin emas, o`quv rejalari bo`yicha soatlar soni kamayishi yoki sinflar soni qisqarishi hollari bundan mustasno.
47. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida o`qish, dam olish va ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq, tibbiyot xodimlarining qat’iy nazorati ostida tashkil etiladi.
48. Kasallikning vaqtli diagnostikasi va profilaktikasi maqsadlarida har bir o`quv yili boshida ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining o`quvchilari dispanser ko`rigidan (to`liq tibbiy ko`rikdan) o`tkazilishi kerak. Rivojlanishning salbiy ko`rsatkichlari aniqlangan takdirda o`quvchilar tibbiy komissiyaning tavsiyasiga ko`ra yashash joyidagi umumta’lim muassasasiga o`tkaziladi.
49. Fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab – internatlari o`quvchilari ushbu ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari huzurida yashash joylari bilan ta’minlanadilar.
50. Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatlarining ota-onalar va ota-onalarning o`rnini bosadigan shaxslar bilan birga yashaydigan tarbiyalanuvchilari soni qishloq joylarda o`quvchilar butun kontingentining 5 foizidan va shahar joylarda 10 foizidan ortmasligi kerak.
VII. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining mol -mulki va moliya-xo`jalik faoliyati
51. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
52. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qo`shimcha byudjetdan tashqari mablag`larni jalb etish byudjetdan, moliyalashtirish pasayishiga olib kelmaydi.
53. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari xodimlarining shtatdagi soni umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
54. Xorijiy fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslapggirilgan umumta’lim maktab-internatlar o`quvchilari belgilangan tartibda ovqat bilan ta’minlanadi.
55. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi o`z ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq doirada tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi mumkin.
56. Ruxsat berilgan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining balansida hisobga olingan mol-mulk tarkibiga kiritiladi.
VIII. Yakunlovchi qoidalar
57. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim masalalari bo`yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
58. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish muassasasining qarori bo`yicha yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi.
59. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish o`quv yili tamom bo`lgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tegishli ta’limni boshqarish organi o`quvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning o`rnini bosadigan shaxslar bilan kelishuv bo`yicha o`quvchylarning boshqa ta’lim muassasalariga o`tkazilish uchun javobgarlikni o`z zimmasiga oladi.

Sirdaryo viloyati 1 sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab – internat pedagogik kengashning 2008 yil noyabrdagi 2-sonli qaroriga asosan ushbu nizom qabul qilingan.

Kalendar
Oktabr 2017
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
« Iyun    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031