2017 Aprel oyidagi maqolalar ro'yxati

«Navro`z» dasturxoni tadbiri .

Navro`z bayrami nafaqat boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun,balki yuqori sinf o`quvchilari uchun ham quvonchli keldi.Sababi maktabimizda bayram dasturxoni o`tkazildi.Milliy bayramimiz o`quvchilar  uchun ko`tarinki kayfiyat va g`uru bag`ishladi.

IMG_20170318_180900_318

Milliy taomlar va milliy liboslari bilan chiqishlar uyushtirdilar.Maktabimiz yuqori sinf o`quvchilari tomonidan milliy urf odatlarimiz va qadriyatlarimiz  xaqida davra suxbatlari o`tkazildi.

IMG_20170402_193117

Assalom Navro`z! Maktabimizda bahor bayramlari.

Yurtimizga fasllar kelinchagi bahor fasli kirib kelgani bizning maktab o`quvchilari va o`qituvchilarining bahoriy tadbirlari  bilan boshlandi.

Maktabimiz boshlang`ich sinf o`quvchilari tomonidan «Assalom Navro`z!» tadbiri bo`lib o`tdi.Bunda turli tuman she`r va saxna ko`rinishlar bilan o`tkazildi.IMG_20170402_193129Tadbirda o`quvchilar chiqishi barchaga manzur bo`ldi.

IMG_20170402_193132

O`quvchilarning ota-onalari ham bu tadbirdan ma`mnun bo`ldilar.Ustozlarimiz va o`quvchilarimiz bahoriy  kayfiyat bilan bayramga o`zgacha quvonch ulashdilar.

Mart oyi «Jismoniy tarbiya fan oyligi»munosabati bilan O`zbekiston chempionlari mexmonda.

Mart oyi maktabimizda «Jismoniy tarbiya fan oyligi» munosabati bilan O`zbekiston chempionlari bilan qiziqarli uchrashuv o`tkazildi.Bu uchrashuv maktab o`quvchilari uchun juda katta sovg`a bo`ldi.Sportchilarimiz bilan suxbatlarda o`zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.Og`ir atletika bo`yicha olimpia chempioni Ruslan Nuriddinov va bir qator boks sport turi g`oliblari bilan sportchilar yutuqlari xaqida davra suxbati bo`lib o`tdi.

IMG_20170402_193228

Bu uchrashuvdan maktabimiz o`quvchilarining sportga bo`lgan qiziqishi va yaxshi bilim va intiluvchanlik katta yutuqlarni olib kelishi xaqida yanada mustaxkam fikrga ega bo`ldilar.Sport sog`lom hayot muhitini yaratishi ,sport bilan shug`ullanish doimo yaxshi natijalarni olib kelishi xaqida suxbat bo`lib o`tdi.

IMG_20170402_193210

Kelgusida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilar yetishib chiqishida sport murabbiylari va ustoz murabbiylarning xissalari kattadir.

Kalendar
Aprel 2017
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
« Fev   Iyun »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930